«Tottenhem» futbol klubi APLning 28-turi doirasida mehmonda keçgan bahsda «Kristal Pelas»ni 1:0 hisobida mağlub etdi. Londonliklar uşbu ğalaba tufayli 74 oçko jamğarişdi hamda turnir jadvalida yetakçilik qilayotgan «Çelsi»ga (78) yanada yaqinlaşib olişdi.
Şu tariqa, «Tottenhem» APLda bir mavsum davomida qölga kiritilgan oçkolar soni böyiça öz rekordini yangiladi (1992/93 yilgi mavsumdan boşlab). Klubning avvalgi eng yaxşi natijasi 2012/13 yilgi mavsumda qayd etilgan bölib, unda «Tottenhem» 72 oçko bilan beşinçi örinni egallagandi. Şu bilan birga, Maurisio Poçettino jamoasida bu mavsumda yanada köproq oçko jamğariş uçun beşta uçraşuv bor.












