Angliya Premer ligasining 26-turidan örin olgan «Mançester Siti» va «Mançester Yunayted» örtasidagi derbi öyini bölib ötdi. Mançesterdagi «Etixad — Siti of Mançester» stadionida bölib ötgan öyin nursiz durang 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Uçraşuvning katta qismida «şaharliklar» hududiy ustunlikka ega bölişdi, töpni nazorat qilişdi. Biroq, mehmonlar mudofaasini yorib ötişning uddasidan çiqa olişmadi. «Qizil iblislar» Maruan Fellayni maydondan çetlatilganidan söng, 10 kişi bölib qolişdi. Fellayni ikki daqiqa içida sariq va qizil kartoçka olişni qoyillatdi. Öyin oxirlarida ikki yarim oy mobaynida ilk marotaba maydonga tuşgan Gabriel Jyezus «MYu» darvozasini nişonga oldi, biroq hakamlar braziliyalikning öyindan taşqari holatda bölganini qayd etişdi.
Ayni vaqtda «Siti» 65 oçko bilan törtinçi örinda borayotgan bölsa, «MYu» 64 oçko bilan uni ta'qib qilmoqda.
APL, 26-turning qoldirilgan öyini
Mançester Siti – Mançester Yunayted - 0:0
27 aprel, «Etihad Stedium»
Mançester Siti – Bravo (Kabalero, 79), Kompani, Kolarov, Sabaleta, Otamendi, Fernandino, Ture, Sterling (Gabriel Jyezus, 86), de Bryuyne, Sane (Navas, 80), Aguero.
Mançester Yunayted – De Xea, Valensiya, Bayi, Darmian, Blind, Errera, Kerrik, Fellayni, Mxitaryan (Fosu-Mensa, 86), Marsial (Lingard, 80), Reşford (Yang 90).
Ogohlantirişlar: Fellayni (83), Gabriel Jyezus (90).
Çetlatiş: Fellayni (84).












