Özbekiston U-22 terma jamoasi boş murabbiyi Jasur Abduraimov «Paxtakor» klubini boşqarişi tasdiqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatgan.
«Keça «Paxtakor» futbol klubi yangi rahbariyati futbolçilar bilan uçraşuv ötkazdi. Rahbariyat a'zolari, murabbiylar ştabi va futbolçilar örtasida yiğiliş bölib ötdi. «Paxtakor» klubi vitse-prezidenti Bobur Şodiyev boşqargan yiğilişda klubning hozirgi ahvoli va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi. Klub boş direktori Umid Ahmadjonov bundan keyin ham murabbiylar ştabi vakillari va futbolçilar bilan bunday muloqotlar davom etişini ta'kidlab ötdi. Tadbirda Jasur Abduraimov «Paxtakor» klubi boş murabbiyi vazifasini bajaruvçi sifatida taniştirildi», deyiladi klub rasmiy saytidagi ma'lumotda.

Bugundan boşlab Jasur Abduraimov rasmiy ravişda «Paxtakor» klubi boş murabbiyi vazifasini bajarişga kirişdi.
Eslatib ötamiz, keça 26 aprel kuni Tribuna manbalari Jasur Abduraimovning jamoaga boş murabbiy etib tayinlangani haqida birinçi bölib xabar bergan, biroq toşkentliklar matbuot xizmati faqatgina bugun uşbu ma'lumotni tasdiqladi.











