Germaniya Bundestagi (parlament) niqob taqişga çeklovlarni joriy qiliş loyihasini ma'qulladi. Qonun loyihasiga köra, davlat xizmatçilari, sudyalar va harbiy askarlar Islom diniga xos bölgan liboslar va boş kiyimlarni kiyişlari taqiqlanadi. Agar qonun qabul qilinsa, Germaniya Yevropaning hijob va niqoblarni taqiqlagan beşinçi mamlakati böladi. 

Şunday qilib, Bundestag inson tanasi va yuzini töliq yopadigan liboslarni taqiqlaşni közda tutadigan qonun loyihasini ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Integratsiya, şuningdek, öz qadriyatlarimizni aniq belgilab olib, ularni tarqatişni anglatadi… Biz tasdiqlagan qonun loyihasi bunga kata hissa qöşadi», — deya bayonot bergan GFR IIV rahbari Tomas de Mezer.

Germaniya hukmron koalitsiyasi bayonotida aytilişiça, «diniy yoki ğoyaviy öraniş davlat mulozimlaridan talab qilinadigan betaraflikka ziddir». Qonun, şuningdek, tekşiruvlar çoğida ayollar yuzlarini körsatişlarini talab qiladi. Hujjat Bundesrat (federal yerlar hukumatlari vakilligi) tomonidan tasdiqlanişi kerak. Şundan söng kuçga kiradi. 

Hozirgaça, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Bolgariyada şunday çeklovlar amal qiladi.