Global Firepower naşri dunyoning eng qudratli armiyalari reytingini tuzdi. Unda Özbekiston 126 mamlakat içida 48-örinni egalladi.
Bu reytingda Markaziy Osiyodagi eng kuçli armiya Özbekiston armiyasi ekani körsatilgan. “Harbiy tayyorgarlik jihatdan eng kuçli davlatlar reytingi”da birinçilikni AQŞ egallagan. Ikkinçi örin – Rossiyaga, uçinçi örin esa – Xitoyga berilgan.
Özbekiston Qurolli kuçlari 3 tarkibiy qismdan iborat: quruqlikdagi qöşinlar, Harbiy-havo kuçlari va flot. Bundan taşqari, respublika qurolli kuçlari Milliy gvardiya, çegara xizmati va maxsus jangçilarni öz tarkibiga olgan. Armiyada harbiy xizmatçilarning umumiy soni 65 ming nafarni taşkil etadi.

Özbekiston Harbiy-havo kuçlari amalda sobiq ittifoq davri texnikasidan tuzilgan. Şu bilan birga, Özbekiston öz samolyotlari va vertolyotlari holatini boşqa qöşni respublikalarga qaraganda yaxşi holatda saqlab qolgan. HHK tarkibida 69ta qiruvçi va 89ta bombardimonçi samolyot mavjud.
Özbekiston armiyasida çaqiruv asosida muddatli harbiy xizmat (12 oy) va şartnoma asosida xizmat tizimi mavjud. Özbekiston qisqa muddat içida 600 ming kişini qurollantirişi (zaxiradagi harbiy xizmatçilar hisobiga) mumkin.

Özbekiston dengizlarga töğridan-töğri çiqa olmaydi. Şu tufayli respublika floti harbiy-daryo kuçlari maqomida. Flot tarkibi «Şmel» va «Gyurza» katerlaridan iborat.

Özbekiston taşqi siyosatda betaraflik yölini tutadi. Toşkent KXŞT (Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti) a'zosi emas, lekin Rossiya bilan ham, Ğarb davlatlari bilan ham faol hamkorlik qiladi. Özbekistonlik zobitlar turli mamlakatlarda öquv amaliyotlarini ötaydi. Maxsus bölimlarni amerikalik muhandislar öqitadi.

Özbekiston HHK tarkibidagi eng zamonaviy samolyot - Su-27 hisoblanadi. Oçiq ma'lumotlarga köra, Özbekistondagi aerodromlarda 12ta şunday qiruvçi samolyot joylaştirilgan. HHK tarkibida MiG-29 rusumli 10ta qiruvçi samolyot, Su-24 rusumli 20ta şturmovik ham bor.
















