Rossiya poytaxti Moskva şahri meri Sergey Sobyanin 2016 yilda 6,5 million rublga yaqin mablağ işlab topdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Sobyaninning 2015 yildagi daromadi 6,48 million rublni taşkil etgan edi. 

Ma'lumotlarga köra, 2016 yili şahar rahbari 6 mln 456 ming rubl (113 263 AQŞ dollari) işlab topgan.  Bu esa uning 2015 yildagi daromadidan 24 ming rubl kamroqdir. Deklaratsiyada qayd etilişiça, Sobyaninning 25 kv.m. maydonli garaji, 310 kv.m. maydondan biroz kiçik xonadoni bor. Moskva şahar merining şaxsiy avtomobili yöq.