Ötgan tunda «Arsenal» jamoasi muxlislari jamoa boş murabbiyi Arsen Vengerga qarşi navbatdagi yirik aksiyani ötkazişdi. «Wenger Out» («Venger ket») yozuvlari London şahrining turli diqqatga sazovor binolarida yoritilgan.

Bunday yozuvlar «kanonirlar»ning sobiq va hozirgi stadionlari «Hayberi» va «Emireyts»da, şuningdek, Marmarli triumfal arkida porlagan.

Venger jamoada 1996 yildan buyon işlamoqda. Uşbu mutaxassis bilan amaldagi şartnoma muddati joriy mavsum yakuniga qadar tuzilgan, u bilan şartnoma muddati hozirça uzaytirilmadi.