Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Marin Le Pen Yevropaning yagona pul birligi – yevro Fransiya uçun ortiqça yuk ekanligini va aynan milliy valyuta mamlakat iqtisodiyotida boş rol öynaşi kerakligini aytdi.

U "yevro ölik" bölgani sababli milliy valyutadan foydalaniş huquqiga erişmoqçi. "Men valyutamizni boşqarişni talab qilmoqçiman. Bu yevroni kundalik xaridlar bilan boğliq bölmagan valyutaga aylantirişni, undan xalqaro savdo-sotiq bilan şuğullanuvçi katta kompaniyalargina foydalanişini anglatadi", deb aytmoqda Le Pen.

Le Pen prezident bölsa, yevrodan voz keçiş masalasi böyiça umumxalq referendumini ötkazmoqçi, çunki uning işonişiça, yevro turli davlatlardagi raqobatdagi farq sababli "yaşovçanlikka" qodir emas.