Sirdaryo viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi rahbarligida 29 aprel kuni Guliston şahrida korxona, taşkilot va muassasalarda faoliyat körsatayotgan işçi-xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etiş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, turli kasb kasalliklaridan sport va soğlom turmuş tarzi orqali muhofaza qiliş maqsadida “Salomatlik sari” respublika yuguriş marafoni ötkazildi. 

Marafonning oçiliş marosimida sözga çiqqan viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi Kengaşi raisi örinbosari Qarşiboy Eşnazarov uşbu marafonni ötkazişdan maqsad — korxona, taşkilot va muassasalarda faoliyat körsatayotgan işçi-xodimlarni sportning ommaviy turlariga qiziqtiriş orqali mexnat faoliyati samaradorligini oşirişga kömaklaşiş, korxona, taşkilot va muassasalarda faoliyat körsatayotgan işçi-xodimlarni turli kasb kasalliklaridan sport va soğlom turmuş tarzi orqali muhofaza qiliş, aholi ayniqsa, yoşlarni jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqişlarini kuçaytirişdan iboratligini ta'kidladi.

Şundan söng 9ta tarmoq kasaba uyuşmalariga tegişli korxona, taşkilot va muassasalardan 3 ta yoş toifasida 600 nafarga yaqin işçi-xodimlar marafon yugurişlarida iştirok etdilar.

Yuguriş natijalariga köra 18-30 yoşlilar bahsida Ibrat Jörayev, Gulçehra Javlonovalar, 30-45 yoşlilar örtasida Botirxon Buzrukov, Ra'no Rustamovalar va 45 yoşdan yuqori bölgan qatnaşçilar marafonida Aleksandr Boboyev hamda Dilfuza Rustamovalar birinçilikni egallaşdi. 

Sport bayrami ğoliblariga kasaba uyuşmalarining diplomlari va qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi. Iştirokçilar e'tiboriga Guliston şahar “Barkamol avlod” markazi öquvçilari tomonidan konsert namoyiş etildi.

 Ozoda Mamadaliyeva,
“Ishonch” muxbiri