Hindiston milliy qahramoni Şivaji haykali örnatişdagi işlar sifatsiz olib borilgani tufayli qulab tuşdi, deb xabar beradi Financial Express.
Maxaraştra ştati ğarbidagi Sundxudurg tumaniga örnatilgan uşbu haykal 2023 yilning dekabrida tantanali ravişda oçilgan va marosimda mamlakat boş vaziri Narendra Modi ham iştirok etgandi.
Ştat rahbarining aytişiça, hukumat holat böyiça barça mas’uliyatni öz zimmasiga oladi. «Iş sifati kerakliça nazorat qilinmadi. Asosiy e’tibor boş vazir Narendra Modi iştirok etgan tadbirni ötkazişga qaratildi», — deydi u.
Naşr ma’lumotlariga köra, balandligi 10 metrni taşkil etgan Şivaji haykali 26 avgust kuni, oçilganidan sakkiz oy ötib qulagan. Hodisa oqibatida halok bölgan yoki jabrlanganlar yöq.
Qayd etilişiça, haykalni örnatişda sifatsiz konstruksiya va materiallardan foydalanilgan.
Mahalliy hokimiyat mutaxassislarning haykalni örnatiş jarayoni talablarga javob bermaydigan tarzda amalga oşirilgani va u ob-havo ta’sirida qulab tuşişi mumkinligi borasida gap-sözlarini e’tiborsiz qoldirib kelgan.













