Italiyalik san’at ustasi Salvatore Garauning lo Sono («Men borman») nomli körinmas haykali 18 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi Independent.

«Nomoddiy san’at asari» deya ta’riflangan ijod namunasi Art-Rite kimoşdi savdosi orqali sotilgan.

Xaridor nafaqat öziga xos san’at asarini, balki uning haqiqiyligini isbotlovçi sertifikatni ham qabul qilib olgan. Şuningdek, unga haykalni ikkiga ikki metrli böş maydonga joylaştiriş böyiça tavsiya berilgan.

Haykal töliq körinmas bölişiga qaramay, Garau uning konsepsiyasini fizik va falsaviy ğoyalar orqali tuşuntirgan. Uning sözlariga köra, vakuum ham mutlaq «heç narsa» emas: Geyzenbergning noaniqlik prinsipiga binoan, böşliq energiyaga töla bölib, u zarraçalarga — hattoki insonlarga ham aylanişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabrda devorga skotç bilan yopiştirilgan banan Nyu-Yorkdagi Sotheby’s kimoşdi savdosida 6,2 million dollarga sotilgandi.