AQŞ prezidenti Donald Tramp prezidentlik lavozimidagi ilk 100 kuni munosabati bilan sözlagan nutqining boşini AQŞ ommaviy axborot vositalarini tanqid qilişga bağişladi hamda ularga nisbatan yana "yolğonçi OAV" degan iborani qölladi.

Tramp Oq uy huzuridagi muxbirlar uyuşmasining har yillik tadbirida iştirok etiş örniga Pensilvaniyada tarafdorlari oldida nutq sözlaşni afzal kördi va şu tariqa köp yillik an'anani buzdi. 

"Hozir Vaşingtonda ular bizni körmoqdalar va bu keça biz bilan bölişni istamoqdalar. Va heç narsa meni bu Vaşington botqoğidan 100 mil uzoqlikda bölib, sizlar bilan keçani ötkazişdan ortiqroq xursand qila olmaydi", deb aytdi prezident.     

"Keçki tanovul juda-juda zerikarli ötadigan körinadi", deb kesatib qöygan Tramp.

Muxbirlar uyuşmasi 1914 yilda taşkil etilgan bölib, uning maxsus keçki tanovullariga an'anaviy tarzda AQŞ prezidentlari taşrif buyurib, nutq sözlab kelişgan. Tramp esa bu an'anani buzdi. Bundan taşqari, u şu kuni tvitterda "Yetakçi (yolğonçi) OAV biz erişgan yutuqlarni, jumladan 28 ta qonunni, çegaralarning mustahkamlanişi va ulkan optimizmni ovoza qilişdan boş tortmoqda" deb yozdi.

Tramp oxirgi oylar muntazam AQŞning yetakçi OAVni, jumladan CNN telekanali va The New York Times naşrini tanqid qilib keladi. U jurnalistlarni haqiqatga mos kelmaydigan maqolalarni çop etişda va mavjud bölmagan manbalarga iqtibos keltirişda ayblab keladi. Tramp şuningdek ma'lumotlarning noqonuniy sizib çiqib ketişiga qarşi kuraşmoqçi.