Avvalroq Turkiyada dunyodagi eng yirik internet-ensiklopediya "Vikipediya"ga kiriş taqiqlab qöyilgani ma'lum qilingandi.
Turkiya hukumatining tuşuntirişiça, ensiklopediya mamlakatning xalqaro sahnadagi nufuziga putur yetkazmoqda. Bu haqda Turkiya transport va aloqa vazirligiga iqtibos keltirgan holda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Turkiya bir neça marotaba "Vikipediya" rahbariyatidan "Anqaraning terrorçilik taşkilotlari bilan aloqalari borligi haqida yolğon va asossiz ma'lumotlarni" joylaştirişni bas qilişni va tegişli kontentni öçirib taşlaşni söragan. Biroq internet-ensiklopediya buni qilişdan boş tortgan.
Vazirlikda ma'lum qilinişiça, şu munosabat bilan "terrorçilikka qarşi kuraşda öz uluşini qöşiş örniga Turkiyaning xalqaro sahnadagi nomini badnom qiliş kampaniyasining bir qismiga aylangan" "Vikipediya"ga kirişni tösişga qaror qilingan.
Vazirlikda ta'kidlanişiça, agar bir qator materiallar öçirib taşlansa, tösiq olib taşlanişi mumkin.
Turkiyada 16 aprelda ötgan konstitutsiyaviy referendumdan keyin "Vikipediya" foydalanuvçilaridan biri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan haqidagi ingliz tilidagi maqolani tahrir qilib, uni "diktator" deb atagan. Keyinroq uşbu özgartiriş öçirilgan hamda röyxatdan ötmagan foydalanuvçilarga maqolani tahrir qiliş imkoniyati bekor qilingan.












