"Formula-1"ning "Mersedes" jamoasi vakili, finlyandiyalik poygaçi Valtteri Bottas poyganing Soçida ötgan Rossiya Gran-prisida ğolib böldi.
Marraga ikkinçi bölib "Ferrari" a'zosi Sebastyan Fettel, uçinçi bölib uning jamoadoşi, yana bir finlyandiyalik poygaçi Kimi Raykkonen keldi. Bottas uçun bu ğalaba faoliyatidagi birinçisi böldi.
Rossiyalik poygaçi, "Toro Rosso" jamoasi a'zosi Daniil Kvyat 12-örinni egalladi.

Gran-priga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham taşrif buyurgandi. 2014 yildan beri davom etib kelayotgan an'anaga köra, ğolibga boş sovrinni aynan Putin topşirdi. Rossiya boş vaziri örinbosari Dmitriy Kozak 2-örin uçun, Rossiya avtomobil federatsiyasi rahbari Viktor Kiryanov esa 3-örin uçun sovrinni öz egalariga topşirdi.
Poyganing keyingi bosqiçi 12-14 may kunlari Ispaniyada bölib ötadi.











