Sochi rasmiylari şahar aholisi va sayyohlarni yonilği tanqisligi fonida şaxsiy avtomobillarda harakatlanişdan voz keçişga çaqirdi. Bunday çora-tadbirlar «yoqilği quyiş şoxobçalariga yuklamani kamaytiriş va odatiy iş rejimiga qaytişni tezlaştiriş» imkonini beradi, deyiladi şahar ma’muriyati bayonotida.

Yonilği quyiş şoxobçalarida navbatlar paydo bölgan taqdirda, haydovçilar yöl harakati qoidalariga rioya qilişi şartligi haqida ogohlantirilgan.

Bu çaqiriq şahar ma’muriyatida yonilği bilan boğliq vaziyat böyiça ötkazilgan yiğilişdan söng yangradi. Rasmiylar «logistikadagi buzilişlar tufayli» yirik yonilği quyiş şoxobçalari operatorlari yoqilği berişda limitlar joriy etganini e’lon qildi. Ba’zi yonilği quyiş şoxobçalarida «yuzaga kelgan ajiotaj tufayli» jismoniy şaxslarga benzin sotişga çeklovlar joriy etilgan.

Sochi1.​ru naşri yozişiça, şaharda uçinçi kundirki yonilği bilan boğliq muammolar kuzatilmoqda. Guvohlarning sözlariga köra, zapravkalar atrofida navbatlar 12 soatgaça çözilmoqda, natijada yöllarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Ayrim sayyohlar benzin yöqligi tufayli uyiga keta olmayapti.

Rossiyada Ukrainaning neft korxonalariga zarbalari tufayli yonilği inqirozi kuçaygan. 8-avgust kuni ukrain dronlari Krasnodar ölkasidagi Ilskiy neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilgandi.

Yonilği inqirozi çuqurlaşişi iyun oyi va iyulning birinçi yarmiga töğri kelgandi. Bu davrda Rossiya regionlarida benzin sotuviga turli çeklovlar joriy etildi, odamlar yonilği quyiş şoxobçalarida soatlab navbatda turişga majbur böldi. Şundan keyin Ukraina harbiylari e’tiborini neftni qayta işlaş zavodlaridan Wildberries marketpleysi omborlariga qaratdi, regionlarda yonilği sotuviga qöyilgan çeklovlar bekor qilinişi boşlandi.

Ammo sönggi kunlarda neftni qayta işlaş zavodlari böylab zarbalar yana faollaşdi. «7×7» naşri baholaşiça, kamida 15 ta regiondagi zapravkalarda navbatlar paydo bölgan hamda AI-92 va AI-95 benzini yetişmovçiligi yuzaga kelgan.