Kundalik poyafzal va aksessuarlar brendi hisoblanadigan Ecco mutlaqo yangi material taqdim etdi, deya xabar beradi ProFashion.
Yangi material ustida kompaniyaning Niderlandiyadagi laboratoriyasi mutaxassislari iş olib borişmoqda — ular bir neça yil davomida teri oşlaşning misrça va yunonça usullarini örganişgan. Savdo belgisi vakillarining gapiga köra, yangi materialdan sumkalar, poyafzallar va kurtkadan tortib, köylaklargaça bölgan kiyim-keçaklar işlab çiqarişda foydalansa böladi.
“Bu bir futuristik material bölib, çarmdan biz sevadigan kutadigan xususiyatlarni özida saqlab qoliş bilan birga, yangi xossalarga ham ega böladi. Şunday qilib, biz şaffof çarmda töxtadik», — deydi kreativ böyiça direktor Siruli Raxt. Ayni paytda qahraborang, salatrang, töq norinrang, qora, qizil va fil suyagi rangidagi buyumlar tayyorlangan.
Ecco markasiga 1963 yilda Daniyaning Bredebro şahrida Karl Tusbi tomonidan asos solingan va hanuzgaça uning oila a'zolariga tegişli hisoblanadi. Ular klassik, kundalik va sportça poyafzallar, şuningdek, ayollar, erkaklar va bolalar uçun aksessuarlar işlab çiqarişadi. Kompaniya zavodlari Portugaliya, Indoneziya, Tailand, Slovakiya va Xitoyda joylaşgan.












