Toyota Motor Company’ning brendlarni rivojlantiriş böyiça rahbari Tokuo Fukuiçi avtomobillarning kelajagi borasidagi öz fikrlarini bayon etib, sedanlar «yöq bölib» ketmasligi uçun nimalar qiliş lozimligi haqida gapirdi.
«Yana qandaydir muddatdan söng uç hajmli sedanlar yöqlikka yuz tutadi, — dedi top-menejyer, — çunki insonlar aql bilan iş tutib, tobora keng sath va baland örindiqli krossoverlarga mehr qöya boşlaşadi». Biroq bu sedanlar uçun hammasi yakun topadi degani emas, faqat ularning konsepsiyasi özgartirilişi lozim ekan.
Foto: Yangi Lexus LS 500

Fukuçining aytişiça, haşamatli sedanlar «kamroq formal» bölişi kerak, şu sababli Detroytda taqdim etilgan sönggi Lexus LS fastbek şakliga öxşaşroq şaklda yasalgan. «Endi qimmatbaho avtomobillar xaridori maşinaga futbolka va jinsi şimda ötirişi mumkin, uning haydovçisi esa uçlik kostyumda, aynan şu sababli biz an'anaga aylanib qolgan sedanlardan qoçişimiz kerak», — deydi Fukuiçi. U «ötkir» rulga ega dinamik körinişdagi maşinalar işlab çiqariş mantiqliroq ekanligini aytgan.
Foto: Lexus LC 500.

Fukuiçi kupening sportça körinişini eng yaxşi deb ta'riflagan va bunday yuqori çaqqonlik kompaniyaning sedanlarida ham bölişi kerak, deb hisoblaydi.
«Toyota» konsernining brendlarni rivojlantiriş böyiça rahbari Leksus model qatorida universalni ham körişni istaydi. U SUV sigmentidagi avtomobillar singari baland bölmasligi kerak, biroq odatdagi universallar kabi qisqa ham emas. «Agar bizda resurslar yetarli bölsa, şunday avtomobil yaratiş ustida iş boşlaymiz va u oddiy avtomobil bölmaydi», — degan top-menejyer.












