Özbekistonda 2 yil içida profilaktika nozirlari uçun 3829ta xizmat uylari quriladi. Bu haqda Özbekiston prezidenti qarorida nazarda tutilgan.

Bu uylar inspektorlar xizmat qiladigan hududda, u va aholi örtasida doimiy aloqa mavjud bölişini ta'minlaş maqsadida quriladi. Samarqand (463), Farğona (439) va Qaşqadaryo (409) viloyatlarida bunday uylar nisbatan köproq böladi.

Xizmat uylari namunaviy loyihalar böyiça quriladi. Bu uylar bir qavatli va 3 xonali uylar böladi, 0,02 maydondan iborat hovliga ega böladi. Bu loyiha davlat byudjyeti hisobidan moliyalaştiriladi.

Bundan taşqari, davlat rahbari hokimiyatlarga nozirlar uçun köp xonadonli uylardan 1327ta xizmat kvartiralari ajratiş böyiça körsatma bergan. Bu kvartiralar ham ularning xizmat joylari atrofida bölişi kerak. Toşkent şahrida şu maqsadda 527ta kvartira ajratiladi.