Bugun, 2 may kuni Milliy matbuot markazida "Özbekiston temir yöllari" aksiyadorlik jamiyati (AJ)ning joriy yilning I çorak ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va kelgusidagi rejalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda AJ rahbariyati vakillari, boşqarma boşliqlari, tarmoqning korxona va taşkilotlar mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnaşdi. 

Tadbirda ta'kidlanişiça, "Özbekiston temir yöllari" AJ tomonidan şu kunga qadar temir yöl sohasida belgilangan asosiy vazifalar bajarilgan. Jumladan, 2017 yilning I çoragida AJ temir yöl stansiyalaridan 16,5 million tonna yuk ortilib, öz manziliga yetkazilgan. Şu bilan birga yölovçi taşiş ham ötgan yilning şu davriga nisbatan 152,1 ming yölovçiga köpayib, jami 5,1 million yölovçi manziliga yetkazilgan. 

Şuningdek bu davrda Mahalliylaştiriş dasturiga kiritilgan 46 ta loyiha böyiça jami 12,91 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarildi, bu esa rejaga nisbatan 106 foizni taşkil qiladi. 

Hisobot davrida AJning sanoat korxonalarida qiyosiy narxlarda 91,3 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilgan. 

Bundan taşqari, uşbu davr mobaynida "Özbekiston temir yöllari" AJ tomonidan 185 ta yangi iş örni taşkil qilindi. Bugungi kunda uning işçilari soni qariyb 70 mingdan ziyodni taşkil etadi.