«Özbekiston havo yöllari» MAKning bortkuzatuvçilar jamoasi Moskvadagi «Sky Service –2017» nufuzli professional tanlovi ğoliblariga aylanişdi. Bu haqda Kun.uz'ga MAK axborot xizmati xabar berdi.

Tanlovda 21 aviakompaniyadan bölgan bortkuzatuvçilar iştirok etdi, ular uçun ISPY noyob ixtisoslaştirilgan texnologiyasi böyiça öquv treninglari, SKYSHOP katalogida taqdim etilgan brend savdo markalari vakillaridan usta-darslari taşkil etildi. SkyService-2017 maydoni ma'lum bir mavzularga bölib çiqildi: körgazma, anjuman, seminarlar va taqdimotlar.

Har bir 4ta treninglar yakuni böyiça uçta finalçi tanlab olindi, ularga sovrinlar topşirildi. Elvina Kaybulayeva, Natalya Kim, Regina Aynutdinova va Şahnoza Rasuleva bölgan Özbekiston jamoasi «Sotuvlarni yölovçilarni xabardor etiş orqali oşiriş» yönalişida ğolib çiqdi. 

Eslatib ötamiz, «SkyService» - xalqaro darajadagi katta tadbir bölib, u havo kemalari bortlarida servis va xizmatlarni rivojlantirişga bağişlangan.