Qaysi aviakompaniyalar bortkuzatuvçilarni işga oladi?

Özbekistonda törtta aviakompaniya: Uzbekistan Airways, Qanot Sharq, Silk Avia va Centrum Air muntazam ravişda bortkuzatuvçilarni işga qabul qiladi. Ayrim taşuvçilar iş tajribasiga ega bölmagan nomzodlarni öqitişga tayyor bölsa, boşqalari faqat iş tajribasiga ega amaldagi bortkuzatuvçilarni işga oladi.

Saralaş şartlari, nomzodlarga qöyiladigan talablar va hujjatlar röyxati farq qiladi. Şuning uçun ariza topşirişdan oldin aviakompaniya saytidagi dolzarb vakansiya bilan tanişib çiqiş tavsiya etiladi.

Nomzodlarga qanday talablar qöyiladi?

Talablar aviakompaniya va muayyan tanlovga qarab farq qiladi, ammo Özbekistondagi aksariyat aviataşuvçilarda ular öxşaş. Işga qabul qilişda nomzodning yoşi, ma’lumoti, til bilişi, jismoniy körsatkiçlari, soğliği va taşqi körinişi baholanadi.

Masalan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasida iş tajribasiga ega bölmagan nomzodlarga quyidagi talablar qöyiladi:

●      Özbekiston fuqaroligi;

●      18 yoşdan 25 yoşgaça (ba’zi tanlovlarda yoş çegarasi balandroq bölişi mumkin);

●      kamida örta ma’lumot;

●      özbek, rus va ingliz tillarini biliş;

●      böyi aviakompaniya talabiga töğri kelişi;

●      soğligi havo kemasi bortida işlaşga töğri kelişi.

Bundan taşqari, aviakompaniyalar nomzodning taşqi körinişiga ham e’tibor qaratadi. Odatda tananing oçiq qismlarida közga taşlanadigan tatuirovka va pirsingga yöl qöyilmaydi. Ingliz tilidan taşqari boşqa xorijiy tillarni biliş ustunlik hisoblanişi mumkin.

Amaldagi bortkuzatuvçilar uçun talablar boşqaça böladi. Aviakompaniyalar iş tajribasidan taşqari, amaldagi bortkuzatuvçi guvohnomasi, TUEK xulosasi va muayyan turdagi havo kemalari böyiça sertifikatlarni talab qilişi mumkin.

Ariza topşiriş uçun qanday hujjatlar kerak?

Saralaşning birinçi bosqiçi — hujjat topşiriş. Agar nomzod asosiy talablarga javob bermasa yoki arizani notöğri rasmiylaştirgan bölsa, tanlovning keyingi bosqiçiga qöyilmasligi mumkin.