Soniyasiga bir neça ming kadrni suratga oluvçi yuqori tezlikdagi kameralar ançadan beri qöllanib kelinmoqda. Bunday qurilmalar narxi baland, albatta, şunday bölsa-da, ular eng tezkor harakatlar va sahnalarni ham mayda detallargaça aks ettiriş imkonini beradi. Masalan, yorilayotgan havo şari yoki suvga tuşayotgan tomçi va h.k. Biroq videoyozuv tezligini yoruğlik nuri harakatini ilğay oladigan darajada oşiriş mumkinmikan? Şvetsiyalik olimlar obektlarni misli körilmagan çastotada - soniyasiga 5 trillion kadrgaça tasvirga oliş imkonini beruvçi innovatsion texnologiyani işlab çiqişdi. Hi-News şu haqida ma'lumot berdi. 

Şvetsiyaning Lunda Universiteti olimlari soniyasiga 5 trilliongaça kadrni muhrlaşga qodir yangi kamerani namoyiş qilişdi. Bundan avvalgi rekord yaponlarga tegişli bölib, ularning qurilmasi soniyasiga 4,4 trillion kadrni muhrlay olardi. 

hi-news.ru

Bunday yuqori tezlikka erişiş uçun kamera an'anaviy s'yomka modelidan çekindi. Endilikda har bir kadr biryöla bir neça ma'lumotni özida jamlaydi. Kameraning lazer çaqmoqlari tasvirga olinayotgan obektni bir neça barobarga yoritadi. Bunday kameraning yaratilişi olimlar uçun yangi imkoniyatlarni oçadi - bundan buyon har bir pikosoniya va hatto femtosoniyada röy berayotgan hodisalarni muhrlaş mumkin, axir.

Tadqiqotçilar bu kameradan plazma harakatlari, turli kimyoviy reaksiyalar jarayonlari, şuningdek kvant hodisalarning hayotiy siklini örganişda foydalanişni rejalaştirişmoqda.