Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida, tuman markazidagi Qaropçi mahallasi markazida joylaşgan, bayramona bezatilgan «Marvarid» töyxonasida 18 nafar bolaning sunnat töylari ötkazib berildi. 

Xayriya-sunnat töyi «Insonga naf keltiriş-oliy baxt» şiori ostida faoliyat yuritayotgan Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan ötkazilgan.

Tadbir taşkilotçilari, xususan, Sirdaryo viloyat Hokimi Ğofur Mirzayev, «Nuroniy» jamğarmasi tuman bölimi rahbari Toir Ma'murov va boşqalar sözga çiqib, inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli işlar yanada köpayib borayotganini ta'kidlab, töy bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bölişlarini tilaşdi.

Töybolalarning har biriga «Xalq banki» bölimida hisob raqamlari oçilib, 1 million sömdan mablağ qöyilgan omonat daftarçalari, velosiped, şirinliklar,  boş-oyoq sarpo hamda «Kamolot» YoIHning sovğalari — badiiy kitoblar topşirilgan.

Bir qator xonandalar ijrosidagi kuy-qöşiqlar, O. Xöjayev nomli viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan tayyorlangan ertak qahramonlari iştirokidagi quvnoq tomoşalar davraga bayramona fayz va şukuh bağişladi.

Foto: Kun.uz

«Ayniqsa, davraga kiçkintoylarning sevimli ertak qahramonlari  çiqqanlarida töybolalar quvonçdan çapak  çalib yubordilar va ular bilan birgalaşib raqsga tuşdilar. Davraga göyo dunyoning barça şodliklari jamlangandek böldi», deya voqea joyidan xabar qilgan muxbir. 

«Öğillarim Qodirjon va Yodgorbekning, ular bilan birga yana 16 nafar farzandlarimizning xatna töylarini taşkillaştirib, çiroyli qilib ötkazib bergan avvalo, Prezidentimizga, söngra viloyatimiz rahbarlariga mingdan ming rahmat! Men öz navbatida farzandlarimni el koriga yaraydigan qilib tarbiyalaşga söz beraman», — deya hayajon bilan taassurotlarini bildirgan Boyovut tumanidagi «Istiqlol» mahallasida istiqomat qiluvçi Şahnoza Abdullayeva.

«Katta bölsam yaxşi odam bölaman, rahbar bölaman, menga töy qilib bergan bobojonimga, Vatanimga xizmat qilaman», — degan közlari sevinçdan porlab turgan töybolalardan biri Yodgorbek.

«Bugun Şirin şahri, Xovos va Boyovut tumanlaridan 18 nafar bolaning sunnat töyi ötkazildi. Uşbu töy ana şu jajjigina öğlonlar xotirasida yaxşilik, mehr-saxovat ramzi sifatida bir umr ¬muhrlarib, ularni hamişa xayrli işlarga undab turişi aniq», — deydi viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi Kengaşi raisi örinbosari Qarşiboy Eşnazarov.