Ötgan hafta Buyuk Britaniyada tajribaviy termoyadro reaktori ST40 işga tuşirildi. Tizim «birinçi plazma»ni işlab çiqişni boşlagan. Közlangan maqsad 2018 yilga kelib tokamak içidagi plazmani Tselsiy böyiça 100 mln darajagaça qizdirişga erişişdir. Bu Quyoş markazidagi haroratdan 7 marta issiqroq ekanini anglatadi. Ayni şu natijaga erişilganda vodorod atomlaridan geliy hosil böla boşlaydi. Kimyoviy reaksiya çoğida katta miqdorda energiya ajralib çiqadi. Undan boşqa maqsadlarda foydalaniş mumkin böladi. 

«Bugungi kun termoyadroviy energetikani rivojlantirişda nafaqat Britaniya,  balki butun dunyo uçun muhim kundir», — deydi Tokamak Energy kompaniyasi ijroçi direktori Devid Kingem. Uşbu kompaniya ST40 reaktorini işlab çiqdi. 

Foto:hi-news.ru

Uning ta'kidlaşiça, bu qurilma birinçi marta termoyadro reaksiyasini boşqariş imkonini beradi. ST40 reaktori ança ixçam va iqtisodiy jihatdan samarador hisoblanadi. 

Termoyadro reaksiyasi Quyoşda doimiy ravişda amalga oşadigan uzluksiz jarayondir. Uşbu reaksiyani boşqariş imkoni topilsa, insoniyat ekologik toza va tugamaydigan energiya manbaiga ega bölar edi. hozirgi vaqtda yadro reaktorlarida sodir böladigan yadro sintezlaridan farqli ravişda termoyadro sintezida atomlar parçalanişi emas, ularning qöşilişi tuşuniladi. Bu jarayon birmunça murakkab bölib, buning natijasida geliy va ulkan energiya işlab çiqariladi. 

Foto:hi-news.ru

Şu bilan birga, uşbu soha istiqbolli bölişiga qaramay, olimlar termoyadro reaktorlarini işlab çiqişda katta qiyinçiliklarga duç kelişmoqda. Bunda tasavvur qilib bölmas darajada qizdirilgan plazmani nazorat qiliş uçun öta quvvatli magnit maydonlarini hosil qiliş muhim rol öynaydi. Energiyani işlab çiqişda aynan plazmaning barqaror holatini saqlab turiş zarur hisoblanadi.