Yevropa çempionlar ligasining ikkinçi yarmi final uçraşuvi Monakoda bölib ötadi. Yevropaning eng kuçli hujum çiziği, eng metin himoyaga qarşi saf tortadi. Tribuna.Uz kun uçraşuviga batafsil töxtalib ötdi.
«Monako» – «Yuventus»
(3 may, 23:45, UzReport, Matç TV, Matç! Futbol 1)
Uçraşuvdan oldin
«Monako»
«Monako» – yevrokuboklarning, aytiş mumkin bölsa, eng romantik jamoasi bölib qolmoqda: Fransiyaning va Yevropaning turli burçagidan yiğilgan yoş iqtidorlar katta jamoalar uçun haqiqiy boşoğriği bölmoqda. Qarşi hujumga şiddat bilan ötadigan, yuqori pressing körsatadigan oladigan tezkor futbolçilardan iborat jamoa 13 yillik tanaffusdan keyin yevromaydonlardagi eng nufuzli sovrin uçun kuraş olib bormoqda. Faqat Mbappe emas, Fabino, Lemar va Bernardu Silva kabi yoş futbolçilar yoniga Falkaodek tajriba bilan yöğrilgan jamoa juda yaxşi futbolçi namoyiş etmoqda. .
«Yuventus»
«Yuventus»ga qarşi jamoaning 90 daqiqa mobaynida töpni nazorat qilib turişiga işonç bölmasada, katta ehtimol bilan jamoa nisbatan hujumkorroq futbol körsatişini kutiş mumki.
Uçraşuvlar tarixi
2015 yilgi mavsumda «Yuventus» va «Monako» Çempionlar ligasining çorak finalida özaro töqnaş kelişgandi. «Monako» va Leonardu Jardim öşa paytlari öta yaxşi köradigan öyin uslubi evaziga taktikaga mos natija qayd etilgan, biroq bu «Monako» foydasiga işlamagan – Turinda 1:0, Monakoda 0:0. 1998 yilda bölib ötgan töqnaşuv esa yarim finalga töğri kelgandi. Öşanda Turinda 4:1, Monakoda esa 3:2 hisobida mezbonlar ğalaba qozongan. Tarix körsatib turibdiki, ikki töqnaşuvda ham «Yuventus»ning qöli baland kelgan.
Qiziqarli faktlar
— «Monako» Italiya klublariga qarşi yevrokuboklarda öz uyida keçgan 6 uçraşuvning 3tasida ğalaba qozongan va 2 marta durang öynagan.
— Sönggi marta jamoa Italiya klubidan («Inter», YeÇK, 1 raundi) öz uyida 54 yil muqqadam 1963/64 yilgi mavsumda mağlubiyatga uçragan.
— «Monako» 2004 yildan buyon ilk marta YeÇL yarim finalida iştirok etadi;
— «Monako» yevrokuboklarda öz uyida keçgan 7 uçraşuvning 6tasida ğalaba qozongan;












