Qarşi şahridagi köp tarmoqli tibbiyot markazi xodimlar bölimi katta inspektori V.Eşnazarova fuqaro R.Jörayevani şifoxonaga farroş sifatida işga joylaştirib qöyişni va'da qilar ekan, “Tekinga muşuk ham oftobga çiqmasligi”ni pisand qilişni ham unutmaydi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

SVOJJDLQK departamentining Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda V.Eşnazarova xizmat mavqeidan foydalangan holda, pora sifatida qölga kiritgan 1 mln. söm puldan 300 ming sömini R.Jörayevaga qaytarib berayotgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Sud hukmi bilan tegişli jazosini olgan V.Eşnazarova odamlarga şifo beriladigan qutluğ dargohda sodir etgan qinğir qilmişi oqibatida öziga yetarli saboq çiqargan bölsa, ajab emas...