Internetda «Ural» va «Lokomotiv» jamoalari futbolçilari örtasida Rossiya Kubogi uçun keçgan bahs yakunida röy bergan ommaviy muştlaşuv tasvirlari paydo böldi.

Öyinning ikkinçi bölimiga qöşib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda (bu vaqtda moskvaliklar jamoasi 2:0 hisobida oldinda edi) maydonda muştlaşuv boşlanib ketdi.

Keyinroq janjallaşayotganlar ajratilgan va hakam asosiy aybdorlarga qizil kartoçkalar körsatgan: «Ural» safidan Artyom Fidler va Edgar Manuçaryan, «Lokomotiv» tarkibida Jyefferson Farfan va Ari maydondan çetlatilgan.

R-Sport xabariga öyin yakunida ikki jamoa muxlislari örtasida ham tribunalarda mojaro röy bergan. Ziddiyat politsiya aralaşuvi orqali bartaraf etilgan, jarohatlanganlardan biri şifoxonaga yetkazilgan.

Soçidagi «Fişt» stadionida keçgan uçraşuvda moskvaliklar jamoasi yekaterinburgliklar jamoasini 2:0 hisobida mağlub etib, Rossiya kubogi egasiga aylandi.