Rossiya kubogining finali doirasida bölib ötgan uçraşuvda «Lokomotiv» «Ural»ga qarşi maydonga tuşdi. Uçraşuv Soçidagi «Fişt» stadionida bölib ötdi.

Uçraşuvning 76-daqiqasida Igor Denisov hisobni oçgan bölsa, Aleksey Mirançuk sönggi daqiqada farqni ikkitaga yetkazdi. Uçraşuvning 94-daqiqasida ikki jamoa futbolçilar ommaviy janjallaşib ketişdi va natijada uçraşuv hakami Aleksey Nikolayev  tört nafar futbolçini maydondan çetlatdi.

Ammo bu «Lokomotiv»ning kubokda zafar quçişiga xalaqit qila olmadi. Uşbu sovrin «temiryölçilar»ning Rossiya kubogidagi yettinçi boş sovrinni qölga kiritişi böldi va bu orqali TsSKA rekordi bilan tenglaşib olişdi.

Özbekiston terma jamoasi himoyaçisi Vitaliy Denisov uçraşuvda töliq 90 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi.

Rossiya kubogi. FINAL

Ural – Lokomotiv 0:2 (0:0)
Gollar: Igor Denisov (76), Mirançuk (90).
Ural: Zabolotnyy, Dantsev, Novikov, Balajits, Tabidze, Dimitrov, Bikfalvi, Yemelyanov, Lungu, Pavlyuçenko, Ilin.
Lokomotiv: Gilerme, Vitaliy DeNISOV, Peyçinoviç, Kverkveliya, Denisov, Tarasov, Fernandeş, Ignatev, Maykon, Mirançuk, Ari.
Çetlatişlar: Fidler (90+6), Manuçaryan (90+6) – Farfan (90+6), Ari (90+6).