Xitoy hukumati internet-naşrlariga qöyiladigan talablarni yanada qat'iylaştirdi. Yangi qoidalarga köra, ular faqat davlat organlari tomonidan tasdiqlangan xodimlarnigina işga olişi mumkin böladi. Yangiliklar portali jurnalistlari esa markaziy hukumatda malaka oşirib, akkreditatsiyadan ötişi şart.

Yangi qoidalar joriy yilning may oyidan kuçga kiradi. Ular faqat Xitoy hududidagi saytlarga tegişli. Bundan taşqari, ular çop etiş huquqiga ega ba'zi kontent turlari çeklanadi. 

Bundan buyon yangiliklar saytlari "milliy va ijtimoiy manfaatlar himoyasi yölida xizmat qilib, ijobiy internet madaniyatini tarğib qiliş"ga mahkum. Şuningdek faqat xavfsizlik xizmati tekşiruvidan ötgan Xitoy fuqarolari yoki mahalliy taşkilotlargina yangiliklar saytlarining muharriri va muassisi bölişi kerak. 

Yangi qonun-qoidalarga muvofiq, yangiliklar saytlari faqat röyxatdan ötgan foydalanuvçilargagina ma'lumot taqdim etişi mumkin böladi. 

Ta'kidlaş joizki, Xitoy sönggi bir neça yil davomida yangiliklar naşrlari, şuningdek blog va ijtimoiy tarmoqlar  faoliyatini jiddiy çeklaşga urinmoqda.