Toşkent şahrida “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovi ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Unda Kun.uz’ning Andijon viloyatidagi muxbiri Elmurod Ermatov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jurnalistimiz internet-jurnalistika yönalişidagi eng yaxşi jurnalistik material uçun ğolib deb topildi va 3-örinni qölga kiritdi.
Elmurod Ermatov Andijon davlat universitetini bitirgan. “Oltinköl” ijtimoiy-siyosiy gazetasida muharrir örinbosari, Uff.uz saytida muxbir bölib işlagan. 2014 yilda "Yilning eng yaxşi sport jurnalisti" deb e'tirof etilgan.

Jurnalist diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ğoliblar bilan tanişing:
Jurnalistika sohasida Boş milliy mukofot
«Tafakkur» jurnali tahririyati - boş muharrir Erkin A'zamov
Asosiy nominatsiyalar
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (televideniye)
1-örin - Nilufar Jumayeva, “Madaniyat va ma'rifat” telekanali.
2-örin - Zilolaxon Rasulova, “Ruxsor-TV” telekanali.
3-örin - Sevara Örinboyeva, EOAVMA loyiha rahbari.
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (radio)
1-örin – Kumuş Pardayeva, “Yoşlar” radiosi.
2-örin – Hojimurod Otaqulov, “Oriat-Dono” radiosi.
3-örin – Udbegan Yorimbetova, “Nukus-FM” radiosi.
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (matbuot)
1-örin – “Qişloq hayoti” gazetasi tahririyati; «Özbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi tahririyati.
2-örin – «Ekonomiçeskoye obozreniye» jurnali.
3-örin – Dilfuza Qöziyeva, «Fermer» jurnali.













