Kun.uz’da Namangan şahrining Jaloliddin Manguberdi köçasida aholi xonadonlariga juda yaqin hududda AGTKS qurilayotgani haqida suriştiruv e’lon qilingandi. Unda odamlar belgilangan me’yorlarga amal qilinmasdan qurilayotgan uşbu «zapravka» ortida viloyatdagi köplab «metan-zapravka»lar egasi hisoblangan Qudratbek Abdullayev turganini ta’kidlaşayotgani, bu şaxs viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqovning qudasi ekani aytilgandi.

Hozirça Kun.uz e’lon qilgan maqolaga birorta davlat taşkiloti yoki rasmiy şaxs munosabat bildirmadi. Bu jimlik aslida köp narsani «sözlayotgan»dek edi.

Ammo kutilganidek, norasmiy «javob» qaytarildi: ijtimoiy tarmoqlarda trollar fabrikasi işga tuşib, xonadonlar yonida AGTKS quriş odamlar hayotini oçiqçasiga xavf ostiga qöyiş ekanidan ogohlantirgan jurnalist şa’niga mağzava tökişni boşlab yuborişdi. Ayniqsa, trollar Facebook ijtimoiy tarmoğida ançagina faollik körsatib, «şovqin» kötarişga urinib körişdi.

Biroq ularning bu harakati faol blogerlar va jurnalistlarning keskin qarşi fikrlariga uçradi.

Jumladan, bloger Dima Qayum şunday yozadi:

«Elmurod Ermatov haqqoniy faktlar bilan iş qiladi. Xalqimizni qiynayotgan muammolarni qörqmay yoritadi. Prezidentimizning jurnalistlarga qarata «Qörqmanglar, ortingizda men borman», degan sözlaridan ilhom olib, tun-u kun tinmaydi. Janoblar, bilaman pullaring köp, internetda önlab trollar yollab, bu insonni obrösizlantirişga urinmoqdasizlar. Ammo bu «öyinlaring»ni yoş bola ham biladi. Trollaring esa ğirt xaşaki trollar. Undan köra faktlar bilan halol «öyin» qilinglar. Faktlaring yöqmi, unda jim. Yöqolsin korrupsiya».

Muxbir Daliyev trollar hujumiga qarşi jurnalist va blogerlardan albatta «otvet» bölişini ma’lum qilgan:

«Elmurod Ermatovning Namangandagi metan gaz qiroli Qudratboy haqidagi maqolasidan söng namanganlik trollar hujumga ötişni boşlabdi. Albatta, trollarga qayerdan topşiriq ketganligini yaxşi bilamiz. Va, albatta, bunga jurnalist va blogerlarning javobi böladi. Bizda qoida şunaqaki, bir kişi hamma uçun, hamma bir kişi uçun. Tong otsin, namanganlik trollar topşiriq bergan xojasini qanday qilib himoya qilişini köramiz».