Misrda sayyohlarga öz mahsulotini taklif qilib, holi joniga qöymaydigan suvenir sotuvçilari jarimaga solinadigan böldi. Mamlakatning qadimiy obidalar va madaniy meros böyiça vaziri Xolid Al-Ananiyning sözlariga köra, 3 may kuni mamlakat qonunçiligiga şunday tuzatiş kiritilgan. Misrning youm7 yangiliklar portali şu haqida xabar berdi.

Al-Ananiyning ma'lum qilişiça, arxeologik qazilmalar hududlarida sayyohlarni ta'qib qilgan savdogarlar 10 ming Misr funtigaça (552.21 dollargaça) bölgan qiymatda jarimaga tortiladi.

Bundan taşqari, vazir noqonuniy arxeologik qazilmalar va madaniy meros savdosi uçun beriladigan jazolar yanada kuçaytirilişini ta'kidladi. Qonunbuzarlar hatto bir umrlik qamoq jazosiga ham hukm qilinişi mumkinligi ma'lum qilindi.