Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Urgut tumanida ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida bir guruh noqonuniy valyuta savdosi bilan şuğullanayotgan şaxslar aniqlanib, uşlandilar, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Guruh a'zolari bölgan 1957 yilda tuğilgan Q.R, 1984 yilda tuğilgan O‘.R va 1988 yilda tuğulgan F.R.lar öz jinoiy faoliyatlarini Urgut tumanining “Yangi kiyim keçak” bozori atrofida olib borgan. Lekin ularning “Kamangaron” qişloğida noqonuniy valyuta ayirboşlaş uçun qilgan harakatlari söngisi bölib qoladigan böldi. Çunki Samarqand tumanida yaşovçi 1984 yilda tuğulgan S.T.ga Lasetti rusumli davlat belgisi bölmagan avtomaşina salonida 16500 AQŞ dollarini 130.350.000 sömga noqonuniy ayirboşlab berişayotgan vaqtda içki işlar organlari xodimlari tomonidan körilgan tezkor çoralar natijasida qölga olindi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











