Facebook foydalanuvçilari soni 17 foizga ösib, 1,94 milliard kişini taşkil qildi. Ulardan 1,3 milliard nafari Facebook'ga har kuni kiradi. Ijtimoiy tarmoqning 2017 yil birinçi çoragi hisobotida şu haqida ma'lum qilindi.
Bir yil avval, 2016 yilning I çoragida Facebook'ning oylik auditoriyasi 1,65 milliard, kunlik auditoriyasi esa 1,09 milliard foydalanuvçidan iborat bölgan. 2016 yil oxirida ularning soni 1,86 (oylik) va 1,23 milliard (kunlik) bölgan.
2017 yilning yanvar-mart oylarida Facebook daromadi ötgan yilning şu davrdagi körsatkiçlariga nisbatan 49 foizga ösgan va 8,03 milliard dollarni taşkil qilgan. Kompaniyaning hisobot davridagi sof daromadi 76 foizga oşib, 3,06 milliard dollarni taşkil qilgan.
Birinçi çorak yakunlariga köra, Facebook'ning reklamadan tuşgan daromadi 51 foizga ösgan va 7,9 milliard dollarni taşkil qilgan. Mobil reklama daromadlari uluşi 82 foizdan 85 foizga oşgan va 6,7 milliard dollarni taşkil qilgan.
Kompaniyaning xarajatlari 40 foizga ösgan va 4,7 milliard dollarga yetgan. Facebook xodimlari soni 38 foizga oşgan - 18,7 ming kişi.
Facebook moliyaviy direktori Devid Venerning sözlariga köra, 2017 yil davomida reklama daromadi ösişi sekinlaşadi, kompaniya xarajatlari esa oşadi. Bunga uning bir qator "ijtimoiy foydali taşabbuslar"ni rejalaştirgani sabab qilib körsatilgan.












