«PSJ» yarim himoyaçilari Tyaggo Motta va Anxel Di Mariya Fransiya çempionatining 35-turi doirasida «Nitstsa»ga qarşi keçgan öyinda (1:3) maydondan çetlatilgani uçun tartib-intizom qömitasi qarori bilan ikki öyinga diskvalifikatsiya qilindi. Argentinalik futbolçi esa qöşimça tarzda yana bir uçraşuvga şartli ravişda diskvalifikatsiya oldi, deb xabar bermoqda L`Equipe.
Motta raqibiga zarba bergani uçun 90-daqiqada qizil kartoçka olgan bölsa, Di Mariya – qöşib berilgan vaqtning uçinçi daqiqasida qöpollik bilan raqibini çalib yiqitgani uçun maydondan haydaldi. Har ikki öyinçi töğridan-töğri qizil kartoçka olgan. Şu tariqa, Motta va Di Mariya «Bastiya» hamda «Sent-Eten» bilan öyinlarni ötkazib yuboradi hamda sönggi, 38-tur doirasida öz uy stadionlarida «Kan» bilan bölib ötadigan uçraşuvda iştirok etişi mumkin. Bahs 20 may kuni bölib ötadi.












