Uorren Baffett 2017 yilda IBM korporatsiyasining öziga tegişli aksiyalar paketining uçdan birini sotdi. Bu haqida investorning özi CNBC'ga ma'lum qildi. 2016 yilning oxirida IBMning eng yirik aksioneri Berkshire Hathaway bölgan, kompaniya aksiyalarining 81 millioni unga tegişli.
Bugungi kunda Berkshire Hathaway IBM'ning 50 million aksiyasiga ega. Business Insider'ga köra, aprel oyi örtalarida Baffetning IBM'ga kiritgan sarmoyasi 2011 yilgi investitsiyalardan 787 million dollarga pasaygan.
Sotuvlar sababi sarmoyaçining kompaniya aksiyalarini baholaş sezonlarini qayta körib çiqişidadir. Zero "yirik kuçli raqiblar" korporatsiya bozorini tortib olişda davom etmoqda.
Baffet raqiblar nomini oşkor qilmadi, lekin bulut provayderlari, şu jumladan Amazon Web Services faoliyati serverlar sotuviga yönaltirilgan IBM va Dell kabi kompaniyalarga kuçli bosim ötkazgan.
IBM'ning aprel oyidagi hisoboti kompaniya daromadi ketma-ket 20 çorak davomida pasayişda davom etayotganini körsatdi.
IBM aksiyalari narxi 160 dollarda töxtaganida Baffet ularni sota boşladi.












