“Özbekiston” sport majmuasida Boks böyiça Osiyo çempionati yarim final bahslari kunduzgi janglariga start berildi. Uni 52 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli iştirok etib kelayotgan özbekistonlik Jasurbek Latipov hamda qozoğistonlik Azamat Issakulov boşlab berdi. 

Unda, hakamlar qaroriga köra, Jasurbek Latipov ğalaba qozonib, finalga yöl oldi. 

Jasurbek Latipovning finaldagi raqibi filippinlik Daniyel Maamoni mağlub etgan Janubiy Koreya vakili Inkyu Kim böladi. 

Eslatib ötamiz, kunduzgi bahslarda, şuningdek, Özbekistonning quyidagi boksçilari ham ringga kötarilişadi: 

Murodjon Ahmadaliyev (Özbekiston) – Han Yonghung  (Janubiy Koreya)
Şan Jun (Xitoy) –  Elnur Abduraimov (Özbekiston)
Isroil Madrimov (Özbekiston) – Abilxon Amankul (Qozoğiston)
Bektemir Meliqöziyev (Özbekiston) –   Jiabin Huang (Xitoy)