Ğarbiy Afrikadagi Liberiya Respublikasida hozirda noma'lum bölgan kasallik bilan zararlanganlikning 28 ta holati qayd qilindi. Kasallanganlardan 12 nafari hayotdan köz yumgan, deb xabar bermoqda Rospotrebnadzor.

Kasallik oğir ötmoqda va isitma, köngil aynişi, qusiş va toşmalar bilan keçmoqda. Barça kasallaniş holatlari şu yilning 23 aprelidan 4 mayiga qadar katta yoşli aholi orasida qayd etilgan.

Mutaxassislar Ebola virusining uşbu epidemiyaga aloqasi yöqligini tasdiqladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriça, zararlangan oziq-ovqat yoki suv iste'mol qiliş kasallik sababi bölişi mumkin. 

Uşbu holatni tergov qilişga Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti va boşqa xalqaro taşkilotlar mutaxassislari jalb qilingan. Vaziyatni Rospotrebnadzor ham kuzatmoqda.