Amerikalik boksçi, öta oğir vazn toifasida Jahon boks kengaşi (WBC) tasnifi böyiça jahon çempioni Deontey Uaylder angliyalik Entoni Joşua bilan kuç sinaşib köriş niyatida ekanini ma'lum qildi. Amerikalik boksçi sözlarini TMZ portali keltirgan.
«Joşua — menga arziydigan raqib. Mening qonim qaynayapti. Biz yutuqqa belboğlarimizni qöyamiz. Köramiz, jangdan söng tözonlar tarqagaç, kim toza çiqar ekan? Men maqsadimga erişa olişimga kafolat beraman, çunki birinçi marta bunga duç kelayotganim yöq!» — degan Uaylder.
Entoni Joşua 29 aprel kuni Londonda bölib ötgan katta boks keçasida ukrainalik Vladimir Kliçkoni 11-raundda nokautga uçratib, WBA, IBF va IBO yönalişlari böyiça jahon çempioni unvonini qölga kiritgan edi.
27 yoşli britaniyalik boksçi hisobida 19ta jangdan 19ta ğalaba (19 nokaut) bor. 31 yoşli amerikalik 38 marta ringga kötarilgan şunça marta ğalabaga (37 nokaut) erişgan va biror marta mağlubiyatga uçramagan.












