Bağdod tumanida yaşovçi fuqaro Soliyev 2017 yil 24 aprel kuni Bağdod tumani içki işlar bölimiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Farğona viloyati IIB matbuot xizmati.

U öz murojaatida öşa kuni soat taxminan 11-30da noma'lum şaxslar xonadonidan unga tegişli bölgan jami 11 mln 600 ming sömlik tilla buyumlarini, 303 AQŞ dollari, 80 Rossiya rubli xamda 425 ming söm pullarini öğrilab ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Boğdod tumani içki işlar bölimi xodimlari tomonidan körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni Oltiariq tumanida yaşovçi 1987 yilda tuğilgan fuqaro Şeraliyev sodir etganligi aniqlandi.

Suriştiruv harakatlari davomida jabrlanuvçi Soliyevga tegişli  jami 11 mln 600 ming sömlik tilla buyumlari, 303 AQŞ dollari va 80 Rossiya rubli qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Boğdod tumani içki işlar bölimi tergov bölinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.