Boks böyiça Osiyo çempionatining 64 kg.gaça bölgan boksçilar orasidagi yarim final jangi bölib ötdi.

Unda özbekistonlik boksçi Iqboljon Xoldorov Qozoğiston vakili Bekdavlat Ibrohimovga qarşi ringga çiqdi. Şiddatli keçgan jang özbekistonlik boksçining ğalabasi bilan yakunlandi. 

Iqboljon Xoldorov finalda Nurlan Kobaşev (Qirğiziston) ni mağlub qilgan Çinzorig Baatarsux (Möğuliston) bilan jang qiladi.