Özbekiston terma jamoasi bilan 1994 yilgi Osiyo öyinlarida ğolib bölgan sobiq futbolçi Uluğbek Rözimov 49 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda sport jurnalisti Kamoliddin Alimov feysbukdagi sahifasida xabar qoldirgan.

Uning vafoti sababi jigar sirrozi bölgan.

Futbolçilik faoliyatini «Navbahor» va «Paxtakor» jamoalarida ötkazgan Uluğbek Rözimov oxirgi yillarda «Paxtakor» akademiyasining 12 yoşgaça bölgan futbolçilardan iborat jamoasida murabbiy bölib işlayotgandi.

1994 yilda Xirosimadagi Osiyo öyinlarida ğolib çiqqan jamoaning yana bir a'zosi Yuriy Şeykin 48 yoşida vafot etgandi.