BMT bosh kotibi: yadroviy tahdid soyasi yana butun dunyoni qamrab oldi
Antoniu Guterrish Xirosimaga atom bombasi tashlanganining 78 yilligi munosabati bilan dunyodagi xavfli vaziyatga ishora qildi. «Ba’zi davlatlar o‘ylamasdan yana yadro qilichini ko‘rsatyapti», - dedi u.

Xirosima atom bombasidan keyin Foto: Moritz Wolf/imageBROKER
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘zining qurolsizlanish masalalari bo‘yicha vakili o‘rinbosari Idzumi Nakamitsu tomonidan 6 avgust kuni Xirosimaga atom bombasi tashlanganining 78 yilligiga bag‘ishlangan marosimda o‘qib eshittirilgan murojaatida butun dunyo bo‘ylab ishonchsizlik va bo‘linish kuchaygani, «yadro urushi nog‘oralari yana urilayotgani» haqida ma’lum qildi.
«Yadro urushining nog‘oralari yana urilmoqda. Ishonchsizlik va tarqoqlik kuchaymoqda. Sovuq urush davrida dunyoda osilib qolgan yadro soyasi yana paydo bo‘ldi. Ba’zi davlatlar esa yana o‘ylamasdan yadro qilichini ko‘rsatib, bu qirg‘in vositasidan foydalanish bilan tahdid solmoqda», deyiladi murojaatda.
Shu bilan birga, Guterrish 78 yil avval atom bombasi kim tomonidan tashlangani va uning fikricha, hozirda qaysi davlatlar yadroviy qurol bilan tahdid qilayotganiga aniqlik kiritmagan.
Antoniu Guterrish yadro qurolidan butunlay voz kechishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu - yadro urushi xavfini bartaraf etishning yagona yo‘li. Uning qayd etishicha, BMT «yadro soyasi butunlay yo‘qolmaguncha» tinchimaydi.
Xirosima 1945 yil 6 avgustda AQSh tomonidan bombardimon qilingan. Nagasaki bilan birgalikda ular yadro qurolidan jangovar foydalanilgan yagona joylarga aylandi. Hujum oqibatida Xirosimada 70 000 dan 100 000 gacha va Nagasakida 70 000 kishi halok bo‘ldi. Nurlanish kasalligidan vafot etganlar bilan birga halok bo‘lganlar soni yarim milliondan oshadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
Jahon | 17:37
-
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
Fan-texnika | 17:14
-
Misr Qoraqalpog‘istonda ekologik loyihalarga investitsiya kiritadi
O‘zbekiston | 17:05
-
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

13:38
O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzod bo‘ldi

23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda

07:29 / 14.05.2025
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi

07:55 / 06.05.2025