Estoniyada NATOning “Bahorgi pörtana-2017” keng kölamli xalqaro maşqlari boşlandi. Unda qariyb 9 ming harbiy xizmatçi iştirok etmoqda. Bu haqda respublika Mudofaa kuçlari Boş ştabi xabar bergan.
"13 davlatdan bölgan taxminan 2,3 ming xorijiy harbiy xizmatçi NATOning “Bahorgi pörtana-2017” keng kölamli maşqlarida iştirok etadi. 8-26 may kunlari bölib ötadigan maşqlarda estoniyalik harbiy birga hammasi bölib qariyb 9 ming harbiy qatnaşadi", - deyiladi xabarda. Maşqlar Estoniyaning Rossiya çegarasiga yaqin hududida - mamlakat şimoli-şarqida bölib ötadi.
Maşqlarda Buyuk Britaniyaning NATOning Estoniyada joylaşgan xalqaro bataloni tarkibiga kiruvçi 800 nafar harbiy xizmatçisi, şuningdek, bu batalondan bölgan taxminan 300 nafar fransiyalik harbiy iştirok etadi. Germaniya maşqlarga 400 harbiy xizmatçisini yuboradi. Bundan taşqari AQŞ, Latviya va Litvadan bittadan rota böladi. Şuningdek, maşqlarda Niderlandiya, Polşa, Kanada, Finlyandiya, Ukraina, Ispaniya va Gruziyadan bölgan harbiylar ham qatnaşadi.
Maşqlarda Amerikaning M1A2 Abrams, Britaniyaning Challenger 2 va Fransiyaning Leclerc tanklari, şuningdek, ittifoqçilar va Estoniya mudofaa kuçlari piyoda askarlarining jangovar maşinalari: CV9035, Warrior, Bradley, VBCI, Marder’dan foydalaniladi. Ötgan yili “Bahorgi pörtana”da 1,5 mingdan ortiq xorijlik harbiy xizmatçi iştirok etgan.












