Bugun 9 may kuni Andijon şahridagi Xotira xiyobonida Motamsaro ona haykali poyiga gulçambar qöyiş marosimi bölib ötdi. Tadbirga uruş va mehnat faxriylari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, taşkilot, korxona, muassasalar hamda jamoatçilik vakillari taşrif buyurdilar.

Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov rahbarligida davlat, jamoatçilik vakillari hamda soha va xizmatlar yönalişida guruhlarga bölingan bayram iştirokçilari Motamsaro ona haykali hamda andijonlik qahramonlar byustlari poyiga gulçambarlar qöydilar.

Bayram tantanasining dastlabki qismi Xotira maydonida harbiylar, içki işlar tizimi xodimlarining paradi bilan nihoyasiga yetdi.

Andijon şahridagi “Toşkent premium” tantanalar saroyida taşkil etilgan tökin dasturxon atrofida tadbir davom etdi. Saroyga örnatilgan ulkan ekranda uruş lavhalari jonlandi. Har bir şahar, köça, uy, xonadon uçun olib borilgan janglar bayram qatnaşçilari köz öngida yana namoyon böldi.

Viloyat hokimi Ş.Abdurahmonov uruş qatnaşçilari, front ortidagi fidoyilar, mehnat faxriylari, afğonçi jangçilar, mustaqillik yölida halok bölgan jasur insonlarning yaqinlari, jamoatçilik vakillari va mehmonlarni mö'tabar ayyom bilan qutladi.

Tadbir kunida viloyat “Kamolot” YoIH hamda “Andijon taksi” jamiyati hamkorlikda amalga oşirgan 50 ta taksilarning faxriy va yoşi uluğ insonlarga bepul xizmat qiliş taşabbusi bilan çiqqanini alohida ta'kidlaş joiz.












