K.I. Beruniy tumani kengaşi deputati bölib, tuman davlat arxivi direktori lavozimida işlab kelayotgan paytida pora olayotganida qölga tuşdi.
Kruz.uz’ning yozişiça, u ötgan yilning martida tumandagi “Kanhgşartol” OFYda yaşovçi fuqaro G.Yu.ning umr yöldoşi V.G. “Beruniy” davlat xöjaligida işlagan davridagi maoşini töliq yozib beriş uçun oldindan pul berişni talab qilgan.
Deputat G.Yu.dan 300 AQŞ dollarini pora sifatida olgan paytda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan qölga olingan.












