Yevropa çempionlar ligasining yarmi finalning dastlabki javob uçraşuvi Turinda bölib ötadi. Monakoda işonçli ğalaba bilan qaytgan «Yuventus» endi öz uyida final yöllanmasini rasmiylaştiriş uçun saf tortadi. Tribuna.Uz kun uçraşuviga batafsil töxtalib ötadi.
«Yuventus» – «Monako»
(9 may, 23:45, UzReport, Matç TV, Matç! Futbol 1)
Uçraşuvdan oldin
«Monako»

«Monako» Fransiya çempionatida yetakçilikni davom ettirmoqda. Yevropa çempionlar ligasining yarim finali birinçi uçraşuvidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin jamoa çempionat doirasidagi navbatdagi uçraşuvda ham muvaffaqiyat qozondi va «PSJ»dan bitta kam uçraşuv ötkazgan holda, ularni uç oçkoga ortda qoldirişda davom etdi. Şuningdek jamoa bu turda kelgusi mavsumda YeÇL guruh bosqiçida töğridan-töğri iştirok etiş masalasini ham rasman ijobiy hal qildi.
«Yuventus»

Italiya çempioni bölişga bir qadam qolgan «Yuventus» bu turda Turin derbisida mezbon sifatida öynab öz uyidagi 33 uçraşuvdan iborat ğalabali seriyaga yakun yasadi. Allegri şogirdlari uçraşuvda mağlubiyatga uçraşi ham mumkin edi. YeÇL birinçi uçraşuvi qahramoni Gonsalo Higuain sönggi daqiqalarda kiritgan goli evaziga jamoasiga bir oçko olib berdi. Ammo bu jamoaning çempionlik uçun imkoniyatlariga deyarli heç qanday ta'sir ötkazgani yöq.
Uçraşuvlar tarixi
2015 yilgi mavsumda «Yuventus» va «Monako» Çempionlar ligasining çorak finalida özaro töqnaş kelişgandi. «Monako» va Leonardu Jardim öşa paytlari öta yaxşi köradigan öyin uslubi evaziga taktikaga mos natija qayd etilgan, biroq bu «Monako» foydasiga işlamagan – Turinda 1:0, Monakoda 0:0. 1998 yilda bölib ötgan töqnaşuv esa yarim finalga töğri kelgandi. Öşanda Turinda 4:1, Monakoda esa 3:2 hisobida mezbonlar ğalaba qozongan. Tarix körsatib turibdiki, ikki töqnaşuvda ham «Yuventus»ning qöli baland kelgan. Bu safargi uçraşuvda dastlabki uçraşuvda esa «Yuventus» Gonsalo Higuainning dubli evaziga «Monako» uyidan 2:0 hisobidagi ğalaba bilan qaytdi.














