Parijda bir neça ming kişi Respublika maydoniga prezidentlik saylovlarida Emmanuel Makron ğolib bölganiga qarşi norozilik bildirib çiqdilar. Bu haqda L'Express va BFM TV naşrlari xabar bermoqda.
Namoyişçilarning fikriça, Makronning hokimiyatga kelişi ijtimoiy tanazzul va mehnat kodeksining inqirozini anglatadi.
Le Figaro ma'lumotlariga köra, 7 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda norozilik bildirişga çorlovlar paydo bölgan. Ularni asosan "aksilkapitalistlar" va "aksilfaşistlar" tarqatganlar. Naşrning politsiyadagi manbasining ma'lum qilişiça, namoyişçilar maktablardan birining oynasini sindirişgan. Qora kiyimda bölgan odamlar "Barça politsiyani yomon köradi" deb hayqirib, politsiyaçilarga qölbola snaryadlar uloqtirişgan. Ta'kidlanişiça, politsiya ularga qarşi közni açiştiruvçi gaz qöllagan.
France info naşri ma'lumotlariga köra, tartibsizliklar oqibatida 6 politsiyaçi va 3 nafar namoyişçi yaralangan, 143 kişi hibsga olingan.
Le Monde naşri muxbirining ma'lum qilişiça, namoyişçilarning örtaça yoşi 30 yoşdan kattaroqni taşkil qilgan.












