5–7 may kunlari Samarqandda Butunjahon neyrojarrohlar jamiyati federatsiyasining öquv kurslari taşkil etildi. Turli davlatdan kelgan közga köringan mutaxassislar uç kun mobaynida özbekistonlik hamkasblari bilan mahorat darslari ötkazişdi, ularni zamonaviy davolaş usullari bilan taniştirişdi.
Butunjahon neyrojarrohlar jamiyati federatsiyasining kurslari Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi va Respublika neyrojarrohlik ilmiy markazi tomonidan taşkil etildi. Kurslarni ötkaziş uçun Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Qozoğiston va Qirğizistondan vakillar taklif etildi.
Yalpi majlisda Samarqand viloyat hokimi Himmat Oqbötayev, oliy va örta ta'lim vaziri Rustam Qosimov, soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov, şuningdek, Butunjahon neyrojarrohlar jamiyati federatsiyasining öqitiş va ta'lim qömitasi rahbari, professor Konçezno Di Rokko, Osiyo neyrojarrohlar kongressi prezidenti professor Yoko Kato, Rossiyaning N.Burdenko nomidagi neyrojarrohlik ilmiy tadqiqot instituti direktori Aleksandr Potapov, Respublika neyrojarrohlik ilmiy markazi direktori Ğayrat Qoriyev çiqiş qilişdi.
Professor Ğ.Qoriyev prezident Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan uçraşuvi mobaynida maxsus tibbiy yordamni aholiga körsatiş, eng ilğor xorijiy tajribalarni joriy etiş va xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş böyiça muayyan vazifalarni belgilab berganini qayd etib ötdi. Öquv kurslari ham uşbu vazifalarni bajariş doirasida taşkillaştirilgan.
Ğ.Qoriyevning sözlariga köra, neyrojarrohlik yordami respublikamizda ikki yönalişda körsatilmoqda: tezkor neyrojarrohlik va rejali neyrojarrohlik. Ayni paytda sohaning 270 mutaxassislaridan 11 nafari fan doktori, 36 nafari esa fan nomzodi hisoblanişadi. Neyrojarrohlik xizmatini rivojlantiriş konsepsiyasiga köra neyrojarrohlik ilmiy markazi maxsus ilmiy-amaliy neyrojarrohlik markaziga aylantiriladi. Uning filiallari Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlarida taşkil etiladi va bosqiçma-bosqiç zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi. Şuningdek, yetakçi xorijiy klinikalarda mutaxassislarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş yölga qöyiladi.
Faqat sönggi oylar içida özbekistonlik tört nafar yoş neyrojarrohlar Yaponiyada qayta tayyorgarlikdan ötişgan. Ulardan biri — toşkentlik Şerzod Muhammadiyev kunçiqar yurtda uç oylik ta'lim kurslarini ötaganini aytib ötdi: «Mendan taşqari, samarqandlik, buxorolik va namanganlik hamkasblarim ham malaka oşirişdi. Biz tajribali mutaxassislar qöl ostida yuqori texnologiyalik uskunalarda işlaş uslublarini özlaştirdik. Yaqinda özimizga ham turli xildagi zamonaviy tibbiy texnikalar keltiriladi. Biz ularni işlatişga tayyor bölişimiz kerak».











