Turkiya Kurdiston Işçilar partiyasi (KIP)ga qarşi kuraşiş maqsadida Eron bilan çegarasida devor quradigan böldi. Bu haqida mamlakat rasmiylariga asoslanib, Hürriyet Daily News gazetasi xabar berdi.
"KIP Eronning Turkiya bilan çegaradoş hududlarida köplab lagerlariga ega. Bu lagerlarda 800-1000 nafar kurd jangarilari joylaşgan", - deyiladi xabarda. Naşr manbasiga köra, jangarilar çegarani oşib ötib, Turkiya hududida turli hujumlarni amalga oşirmoqda va "ortga qaytmoqda".
Gazeta ma'lumotlariga köra, çegaradagi devor uzunligi 70 kilometrdan iborat böladi. Çegaraning qolgan qismida qöriqlovçi minoralar quriş, metall tösiqlar va projyektorlar örnatiş rejalaştirilmoqda.
Joriy yilning 25 aprel kuni Turkiya harbiy-havo kuçlari Suriya-Iroq çegarasidagi kurdlar pozitsiyalariga zarbalar bergan. Operatsiya davomida KIPning barça obektlari yöq qilingan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan zarurat tuğilgan taqdirda, Iroq va Suriyadagi kurd muxolifati pozitsiyalariga yangi zarbalar berilişi mumkinligini aytgan. Bundan taşqari, Turkiya davlat rahbari Ğarb mamlakatlari, xususan AQŞni kurdlarni qöllab-quvvatlaşni töxtatişga çaqirdi.












